Konditsioner nosozligi: alomat bo‘yicha tashxis

Alomatni tanlang: ehtimoliy sabablar va ustasiz tekshirsa bo‘ladigan narsalar.

Sovutmayapti

Ehtimoliy sabablar

  • Filtrlar ifloslangan
  • Freon kamaygan
  • Tashqi blok changga to‘lgan

O‘zingiz tekshiring

  • Rejim «Cool» (sovutish), harorat xonadagidan past qo‘yilganmi
  • Ichki blok filtrlarini yuvib ko‘ring
  • Tashqi blok atrofi ochiqmi, ventilyatori aylanyaptimi

Suv oqyapti

Ehtimoliy sabablar

  • Drenaj naychasi tiqilgan
  • Ichki blok qiyshiq o‘rnatilgan
  • Bug‘latgich muzlagan

O‘zingiz tekshiring

  • Drenaj naychasining uchi ochiqmi
  • Filtrlar tozami

Shovqin chiqaryapti

Ehtimoliy sabablar

  • Ventilyator parragiga narsa tegyapti
  • Mahkamlagichlar bo‘shagan
  • Kompressor nosoz

O‘zingiz tekshiring

  • Shovqin ichki yoki tashqi blokdanmi, aniqlang
  • Tashqi blok panjarasida begona narsa yo‘qmi

Yoqilmayapti

Ehtimoliy sabablar

  • Elektr ta’minoti yo‘q
  • Pult batareyasi tugagan
  • Boshqaruv platasi nosoz

O‘zingiz tekshiring

  • Avtomat yoqilganmi
  • Pult batareyasini almashtiring
  • Vilka rozetkaga zich kirganmi

Xato kodi chiqdi

Ehtimoliy sabablar

  • Datchik nosoz
  • Bloklar orasida aloqa yo‘q
  • Himoya ishga tushgan

O‘zingiz tekshiring

  • Kodni yozib oling yoki rasmga oling
  • 5 daqiqaga elektrdan uzib, qayta yoqing

Hid kelyapti

Ehtimoliy sabablar

  • Bug‘latgichda mog‘or
  • Drenajda suv turib qolgan
  • Filtrlar iflos

O‘zingiz tekshiring

  • Filtrlarni yuving
  • Oxirgi yuvish qachon bo‘lganini eslang

Elektr qismlarini ochmang: bu ustaning ishi.