Servis kompaniyalar uchun

Toshkentda konditsioner servisi bilan shug‘ullanasizmi? Klimaservis mijoz arizalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniyangizning Telegram guruhiga yuboradi.

Siz nimani olasiz

  • Tayyor ariza: mijoz turi (jismoniy yoki yuridik), uskuna, quvvat va soni, kerakli ish, alomatlar, qachon kerakligi.
  • Bosiladigan telefon raqami, manzil, xaritadagi lokatsiya va yorliq rasmlari.
  • Xabar tagidagi tugmalar: «Qabul qildim», «Mijoz bilan gaplashdim», «Usta yo‘lda», «Bajarildi». Mijoz holatni o‘z sahifasida ko‘radi.
  • Kunlik qisqa hisobot va qabul qilinmagan arizalar haqida eslatma.

Hozirgi holat

Hozir bitta hamkor bilan ishlayapmiz va keyingi kompaniyalarni ro‘yxatga olyapmiz. Arizalar hudud va uskuna turi bo‘yicha taqsimlanadi. Shartlarni qo‘ng‘iroqda aytib beramiz.