Ko‘p beriladigan savollar
Ro‘yxatdan o‘tish kerakmi?
Yo‘q. Faqat telefon raqamingizni qoldirasiz — parol ham, anketa ham yo‘q. Ariza sahifangiz shu raqam bo‘yicha avtomatik ochiladi.
Ariza qoldirgandan keyin nima bo‘ladi?
Ariza darhol servis kompaniyaga yuboriladi. Usta sizga qo‘ng‘iroq qilib, narx va kelish vaqtini kelishadi. Holatni ariza sahifasida yoki Telegram botda kuzatasiz.
Qaysi uskunalar bo‘yicha ariza qoldirsa bo‘ladi?
Split konditsionerlar, yarim sanoat uskunalari (kassetali, kanalli, ustunli), VRF/VRV tizimlari, chillerlar va fankoyllar.
Uskuna turini bilmasam-chi?
«Bilmayman» tugmasini bosing. Yorliq (shildik) yoki uskunaning rasmini qo‘shsangiz, usta turini va modelini oldindan biladi.
Rasm nega kerak?
Yorliqda model va quvvat yozilgan bo‘ladi. Usta shuni bilib, kerakli asbob va ehtiyot qismlarni oldindan olib keladi. Rasm ixtiyoriy.
Lokatsiyamni berishim shartmi?
Yo‘q, bu ixtiyoriy. Lokatsiya ustaga yo‘lni topishga yordam beradi. Ruxsat bermasangiz, manzil yoki mo‘ljalni yozib qo‘yish kifoya.
Arizani bekor qilsam bo‘ladimi?
Ha. Usta yo‘lga chiqmaguncha ariza sahifasidagi «Arizani bekor qilish» tugmasi orqali bekor qilasiz.
Ariza holatini qayerda ko‘raman?
Ariza yuborilgach ochiladigan sahifada: holat o‘zi yangilanib turadi. «Telegramda kuzatish» tugmasini bossangiz, o‘zgarishlar haqida bot xabar yuboradi.