Split konditsionerni yuvish

Ichki blok xonadagi chang va namlikni o‘ziga yig‘adi, tashqi blok radiatori esa ko‘chadagi chang va terak paxtasini. Yuvish ikkalasini ham ishchi holatga qaytaradi.

Nima qilinadi

  1. Filtrlarni chiqarib yuvadi va quritadi.
  2. Bug‘latgich (ichki issiqlik almashtirgich) qovurg‘alarini maxsus vosita bilan tozalaydi.
  3. Ventilyator barabanidagi qora qatlamni yuvadi.
  4. Drenaj vannasi va shlangni tozalab, suv chiqishini tekshiradi.
  5. Tashqi blok radiatorini suv bosimi bilan yuvadi.

Qachon kerak

  • Issiq mavsum boshlanishidan oldin.
  • Yoqqanda nam yoki mog‘or hidi kelsa.
  • Uy ta’miridan keyin — qurilish changi qolgan bo‘lsa.

Qanday alomatlar bo‘ladi

Havo oqimi avvalgidan kuchsizPanjarada qora dog‘larIchki blokdan tomchiTashqi blok radiatori kulrang qatlam bilan qoplangan

Savollar

Filtrni o‘zim yuvsam bo‘ladimi?

Ha, filtr qo‘lda chiqadi va iliq suvda yuviladi. Bug‘latgich va barabanni tozalash esa ustaning ishi.

Yuvishdan keyin darhol yoqsa bo‘ladimi?

Usta ish oxirida konditsionerni o‘zi ishga tushirib tekshiradi.

Shu uskuna uchun boshqa xizmatlar — Split

Shu xizmat boshqa uskunalar uchun